“XALQ KONSTITUTSIYASI BILAN XALQCHIL DAVLAT SARI!” MAVZUSIDA RESPUBLIKA ZIYOLILARINING ILMIY-AMALIY ANJUMANI O‘TKAZILDI.

“Hotel International Toshkent” mehmonxonasida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, “Maʼrifat” targ‘ibotchilar jamiyati tomonidan “Xalq Konstitutsiyasi bilan xalqchil davlat sari!” mavzusida respublika konferensiyasi o‘tkazildi. Unda 130 nafardan ziyod taniqli olimlar, ziyolilar, professor-o‘qituvchilar, shoir va yozuvchilar, mutasaddi vazirlik va idoralar vakillari, “Maʼrifat” targ‘ibotchilar jamiyati aʼzolari hamda jurnalistlar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari Minhojiddin Hojimotov so‘zga chiqib:
“Inson qadri uchun” tamoyili Konstitutsiyada, qonunlarimizda va davlat idoralari faoliyatida bosh mezon boʻlishi shart. Shu bois, Konstitutsiya loyihasida insonning shaʼni va qadr-qimmati daxlsizdir hamda hech narsa ularni kamsitish uchun asos boʻlishi mumkin emasligi belgilanmoqda" — deya ta'kidladi.







Shuningdek anjumanda "Ma'rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a'zolari Oliy Majlis Qanunchilik palatasi deputati, Bank-moliya akademiyasi rektori maslahatchisi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Nodir Jumayev, tarix fanlari doktori, professor Azamat Ziyo, Oʻzbekiston Milliy arxivi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori Muhayyo Isakova, siyosiy fanlar doktori, professor Narzulla Jo‘rayev, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedova siyosiy fanlar doktori Davron Muitovlar, yangilanayotgan Konstitutsiya taraqqiy etgan davlat – Yangi O‘zbekistonni qurish g‘oyasi atrofida butun jamiyatimizni jipslashtirishi, unda barcha qatlam manfaatlari inobatga olinganligi, loyihani ishlab chiqishda keng jamoatchilik, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ekspertlik va ilmiy doiralar vakillari, ziyolilar faol ishtirok etganligi, alohida taʼkidlashdi.
Maʼlumki, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan amaldagi Konstitutsiyaga 27 ta yangi modda kiritilmoqda, moddalar soni 128 tadan 155 taga oshmoqda, Konstitutsiyamizning amaldagi 275 ta normasi 434 taga ko‘paymoqda, yaʼni amaldagi Konstitutsiyamiz 65 foizga yangilanmoqda. Yig‘ilishda Konstitutsiyaga kiritilayotgan asosiy o‘zgarishlarning har biri bo‘yicha alohida-alohida to‘xtalib o‘tildi, fikr almashildi.
Jumladan, konferensiya kun tartibiga ko‘ra, “Konstitutsiyaviy islohot—bugunning talabi, ertaning kafolati”, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasidagi ustuvor yo‘nalishlar hamda “Yangilanayotgan konstitutsiya taraqqiyotimizga yangi kuch va shiddat bag‘ishlaydi, “Milliy o‘zlikni anglashda Qomusimiz tarixi va yangilanayotgan Konstitutsiyamizda inson huquqlarining o‘rni” , “Taʼlim olish huquqi va imkoniyati yana-da kengaytirilib, o‘qituvchilarning konstitutsiyaviy maqomi mustahkamlonmoqda”, “Yangilanayotgan Konstitutsiya va uning targ‘iboti: zamonaviy yondashuvlar zarurati” kabi mavzular o‘rin olgan. Anjuman doirasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi tarixiga oid hujjatlar ko‘rgazmasi namoyishi bo‘lib o‘tdi.










"Ma'rifat" targ‘ibotchilar jamiyati Axborot xizmati