"Yangi O‘zbekiston – Yangi Renessans sari!"  ilmiy-amaliy konferensiyasida faol ishtirok eting!

31.03.2021

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi “Maʼrifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamda Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi hamkorligida Mustaqilligimizning o‘ttiz yilligi munosabati bilan «Maʼnaviyat festivali» doirasida “Yangi O‘zbekiston – yangi Renessans sari!” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiyasi oʼtkaziladi. 

       Mazkur konferensiya “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” g‘oyasi asosida mamlakatimizda targ‘ibot-tashviqot ishlarni tizimli tashkil etish, shuningdek, jamiyat hayotining maʼnaviy asoslarini mustahkamlash, buyuk ajdodlarimizning bebaho merosini o‘rganish va yoshlar orasida keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etilmoqda.

          Ushbu konferentsiya davomida Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyati chuqur tushuntirilib, targ‘ib etib boriladi. Shuningdek, xalqimizning boy ilmiy-madaniy merosi, ilm-fan, sanʼat va madaniyat sohalarida erishilayotgan yutuqlar keng muhokama etiladi. Yana bir jihat. Аholi, ayniqsa, yoshlarda yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, milliy qadriyatlar, anʼanalarni asrab avaylash va keng targ‘ib etishning ilmiy-amaliy masalalariga alohida urg‘u beriladi.

Konferentsiyada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha maqolalar o‘zbek, rus, ingliz, qoraqalpoq tillarida qabul qilinadi:
• Milliy g‘oya, madaniy-maʼrifiy sohalarda boy va noyob merosimizni ilmiy asosda har tomonlama chuqur o‘rganish: yangicha yondashuv va innovatsiyalar;
• Yurtimizda yetishib chiqqan mutafakkir va allomalarning maʼnaviy merosini o‘rganishda kreativ yondoshuv va qarashlar xilma-xilligi;
• Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda Jadid allomalarimizning tarbiyaga oid taʼlimotlarining o‘rni va ahamiyati;
• Yangi Oʼzbekiston – Renessansning uchinchi to‘lqini: muammo va istiqbollar.

Ilmiy maqolaning matni bo‘yicha talab va tavsiyalar:
Matn А4 formatda, barcha tomonlardan 2 sm dan qoldirib yoziladi. Maʼruza materiallari Microsoft Word 97-2003 redaktorida Times New Roman shriftida 14 o‘lchamda (interval 1 yoki 1,5) rtf, doc formatlarda rasmiylashtiriladi. Iqtiboslar matn ichida raqamda yozilib [1, 1-2 shaklida] maqola so‘ngida foydalanilgan adabiyotlarning ro‘yxati keltirilishi kerak. Ilmiy maqolalar elektron shaklda elektron pochta va telegram orqali taqdim etilishi mumkin.


Maqolalar ilmiy asoslangan, manba va adabiyotlarga ega, xulosa, muhim taklif va tavsiyalar asosida bo‘lishi lozim. Hammualliflar ikkitadan ortiq bo‘lmasligi kerak. Maqoladagi maʼlumotlarning ilmiy-nazariy asosga ega ekanligi va metodologik jihatlari bo‘yicha muallifning o‘zi maʼsul hisoblanadi.
Maqola nomi bosh (katta) harflarda, bo‘g‘in ko‘chirmasdan, markazda yoziladi. Yangi so‘z boshidan kichik harflarda muallif haqidagi maʼlumotlar (F.I.Sh. ish joyi va lavozimi, telefon raqami).

Tahrir hayʼati talablariga javob bermagan va belgilangan muddatdan kech qolgan maqolalar chop etilmaydi.


Qatnashish shartlari: Konferensiyada olimlar, ilmiy tadqiqot va oliy taʼlim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari, doktorantlar, magistrantlar, talabalar hamda mavzu doirasida tadqiqot olib boruvchilar ishtirok etishi mumkin. Konferentsiyaga taqdim etilgan materiallarni to‘plam shaklida nashr etish nazarda tutilgan. Shuni inobatga olib, maqola hajmi 4-6 bet atrofida bo‘lishi maqsadga muvofiq.


Konfrentsiya joriy yilning avgust oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.

Konferentsiya maqolalari 2021-yil 10-may kuniga qadar qabul qilinadi.

Murojaat uchun telefonlar: 95 177-51-57, 95 170-87-78
Elektron manzil: gulomov_1@mail.ru
Telegram orqali bog‘lanish: (97) 745-35-76

← Нашрлар рўйхатига қайтиш