- Бош саҳифа
- Янгиликлар
- “Maʼrifat” targʼibotchilar jamiyati hamda Oʼzbekiston davlat jahon tillari universiteti oʼrtasida ham hamkorlik memorandumi imzolandi.
ЎзДЖТУ билан ҳамкорлик меморандуми имзоланди
08.04.2021
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi “Maʼrifat” targʼibotchilar jamiyati hamda Oʼzbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulьteti oʼrtasida ham hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mamlakatimizda maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni tizimli tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirish borasida idora va tashkilotlar, taʼlim dargohlari oʼrtasida hamkorlik tobora kengayib bormoqda.
Hamkorlikdan koʼzlangan maqsad:
• «Maʼrifat» targʼibotchilar jamiyatiga oid yangiliklar, targʼibotchilar faoliyatini keng yoritish, axborot texnologiyalaridan foydalanish koʼnikmalarini shakllantirish, liderlik qobilyatini kuchaytirish, xorijiy ilgʼor ish tajribalarni yoshlar orasida keng ommalashtirish;
• jamiyat tomonidan olib borilayotgan targʼibot-tashviqot tadbirlarini tashkil etish va oʼtkazishga axborot xizmati, xalqaro jurnalistika boʼyicha iqtidorli talabalar, universitet professor-oʼqituvchilarini keng jalb etish;
• tadbirlar doirasidagi loyihalar boʼyicha tashabbuslar koʼrsatish, oʼzaro takliflar almashish, muhokamalar tashkil etish;
• hamkorlikda «Аxborot xizmatini rivojlantirishga qaratilgan media-klub faoliyatini yoʼlga qoʼyish.
Ushbu memorandum iqtidorli, faol talaba-yoshlarni qoʼllab-quvvatlash, ijodiy intelektual salohiyatini ruyobga chiqarish kabi vazifalarni ham oʼz ichiga oladi.