Matbuot anjumani:"Uchinchi renesans-ma’rifatli jamiyat sari!"

18.05.2023
Matbuot anjumani: "UCHINCHI RENESSANS – MAʼRIFATLI JAMIYAT SARI!”

Buxoro shahridagi Varaxsha mehmoxonasi anjumanlar zalida "Uchinchi Renessans-ma'rifatli jamiyat sari!" mavzusida o‘tkaziladigan Respublika anjumani oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 100 nafardan ziyod maʼnaviyat fidoyilari, ziyolilar, olimlar, o‘zbek milliy sanʼatining darg‘alari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etadi.  

Matbuot anjumani: "UCHINCHI RENESSANS – MAʼRIFATLI JAMIYAT SARI!”

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 - 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining “Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish” yo‘nalishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlаsh maqsadida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati, Buxoro viloyati hokimligi hamkorligida joriy yilning 18 – 20-may kunlari Buxoro viloyatida “Uchinchi Renessans – maʼrifatli jamiyat sari!” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani doirasida qator ijtimoiy loyihalarni o‘tkazish rejalashtirilgan. 

"Ma'rifat" targ‘ibotchilar jamiyati raisi Baxtiyor Xusanov
"Ma'rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a'zosi, siyosiy fanlar doktori, professor Narzulla Jo‘rayev
"Ma'rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a'zosi, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedova
"Ma'rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a'zosi, falsafa fanlari doktori Munira Qaharova
"Ma'rifat" targ‘ibotchilar jamiyati, O‘zbekiston Xalq artisti a'zosi Gavhar Zokirova

Anjumandan ko‘zlangan asosiy maqsad ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan ziyolilar uchun ilmiy-maʼrifiy muloqot maydonini tashkil etish orqali, ular o‘rtasida o‘zaro tajriba almashinish uchun xizmat qiladigan ma’naviy ko‘prik yaratishdan iborat. Bu albatta kelgusida ziyolilarimiz, ayniqsa yosh tadqiqodchilarning ijtimoiy va ilmiy faolligini oshirishga xizmat qiladi. 

Matbuot anjumani: "UCHINCHI RENESSANS – MAʼRIFATLI JAMIYAT SARI!”
Matbuot anjumani: "UCHINCHI RENESSANS – MAʼRIFATLI JAMIYAT SARI!”
Matbuot anjumani: "UCHINCHI RENESSANS – MAʼRIFATLI JAMIYAT SARI!”
Matbuot anjumani: "UCHINCHI RENESSANS – MAʼRIFATLI JAMIYAT SARI!”
Matbuot anjumani: "UCHINCHI RENESSANS – MAʼRIFATLI JAMIYAT SARI!”
Matbuot anjumani: "UCHINCHI RENESSANS – MAʼRIFATLI JAMIYAT SARI!”

“Uchinchi Renessans – maʼrifatli jamiyat sari!” mavzusida o‘tkazilayotgan Respublika anjumani doirasida konferensiya materiallari to‘plami taqdimoti, “O‘zbekiston Qahramonlari” unvoniga ega bo‘lgan yurtdoshlarimiz ishtirokida “O‘zbekiston Qahramonlari” kitobi taqdimoti, O‘zbek musiqa sanʼatining ko‘p asrlik ijro yo‘llari, qadimiy tarixi, noyob sanʼatini keng targ‘ib qilish, iqtidorli yoshlarni ushbu sanʼat yo‘nalishlari bo‘yicha qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida “Milliy qo‘shiqlar va maqom” konsert dasturi o‘tkazish, korxona, tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalarida ziyolilar, shoir-yozuvchilar ishtirokida “Marifat soatlari”, shuningdek, Buxoro viloyatdagi mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, saxovat uylarida yashayotgan nuroniylar, ko‘makka muhtoj insonlarning holidan xabar olish,“Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Mehr daftari”ga kiritilgan oilalar vakillari va ularning farzandlarini ma'naviy qo‘llab-quvvatlash hamda ularni qadimiy obidalar, muqaddas qadamjolarga sayohatini tashkil etish maqsadida “Mehr-muruvvat va saxovat” va "Ma'rifat tur” loyihasini o'tgazish rejalashtirilgan. Mazkur anjuman loyihalari doirasida 3 500 nafardan ziyod aholi qamrab olinishi ko‘zda tutilgan.

Matbuot anjumani: "UCHINCHI RENESSANS – MAʼRIFATLI JAMIYAT SARI!”
Matbuot anjumani: "UCHINCHI RENESSANS – MAʼRIFATLI JAMIYAT SARI!”
Matbuot anjumani: "UCHINCHI RENESSANS – MAʼRIFATLI JAMIYAT SARI!”

"Ma'rifat" targ‘ibotchilar jamiyati Axborot xizmati

← Нашрлар рўйхатига қайтиш