BUXORODAN TARALGAN MANGU SADOLAR

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oliy Majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati, Buxoro viloyati hokimligi hamkorligida joriy yilning 19 -may kuni Buxoro viloyatida “Uchinchi Renessans – maʼrifatli jamiyat sari!” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani doirasida o‘zbek musiqa sanʼatining ko‘p asrlik ijro yo‘llari, qadimiy tarixi, noyob sanʼatini keng targ‘ib qilish, iqtidorli yoshlarni ushbu sanʼat yo‘nalishlari bo‘yicha qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida Buxoro shahridagi SHaxriston maydonida “Milliy qo‘shiqlar va maqom” konsert dasturi o‘tkazildi.
"Milliy qo‘shiqlar va maqom" kontsert dasturi davomida Oʻzbekiston xalq hofizi Abdunabi Ibrohimov, OOʻzbekiston xalq artisti Zamira Suyunova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Ahmadjon Dadayev, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Gulbahor Erqulova, Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti professori Salohiddin Azizboyev, Yunus Rajabiy sulolasi vakili, ustazoda san'atkor Aziz Rajabiy, Yunus Rajabiy nomidagi milliy maqom sanʼati markazi xonandasi Rustam Mirminov, Shuxrat medali soxibasi Nafisa Parmonova, "SHuhrat" medali hamda “Nihol” mukofoti sohibasi Adolat Ismoilova, Buxoroning naʼmunali ansambli xonandalari maqom san'at vakilari tomonidan oʼzbek milliy maqom sanʼati namunalari tomoshabinlar eʼtiboriga havola qilindi. Har bir oʼzbek maqom sanʼatining namunasi odamlarning yurak-yuragiga yetib borganini ularning sanʼatkorlarga qoʼshilib hirgoyi qilishlari, koʼzlaridagi baxt uchqunlaridan anglash mumkin edi.
