NAVROʻZING MUBORAK BOʻLSIN ONA XALQIM

Inson uchun eng buyuk baxt uning eli, yurti, Vatani, oilasi, farzandlari, doʻsti, birodarlari deb bilaman! Mana shunday diyorda yashashning ham oʻzining gashti boʻlsa kerak aynan shu xursandchilikning shukuhi bugun bir necha mamlakatlarda boʻlgani kabi, bizning yurtimizda ham joʻshqinlik bilan yurtimiz boʻylab katta tantanaga aylangan, Navroʻzi Olam — barchamizning qalbimizga bahoriy kayfiyat bagʻishladi desam mubolagʻa boʻlmaydi! Respublika Milliy Gvardiyasidagi oilalar oʻrtasidagi milliy anʼanamizga mos va xos, boy urf - odatlarimiz, tarixiy merosimizdagi saqlanib qolgan, sumalak va uning atrofida barcha viloyatlardagi merosiy laparlar, kuy - qoʻshiqlar, aytishuvlar, oʻzbek, qoraqalpoq, turkman, tojik, qizgʻiz va barcha Oʻzbekistonda yashayotgan qardosh millatlarning taomlaridan tayyorlangan koʻk somsalarning barcha turlari, nonlarning xilma- xilligi kishiga o‘zgacha kayfiyat beradi.

Faqat bu emas aziz va muhtaram prezidentimiz tashabbuslari bilan barcha "Mehribonlik uylari" da tarbiyalanayotgan farzandlarimizni Milliy Gvardiyaga topshirilishi, ular uchun yangi zamonaviy uy-joylarning qurilishi va bu uyda barcha jihozlar bilan bir qatorda, oila farzandlarimiz uchun shu uyning oʻzida, zamonaviy kutubxona, sport maydoni, amfiteatr, istirohat bogʻi, hattoki ot sporti bilan shugʻullanish uchun maydonlarni koʻrib quvondim. “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati tomonidan tashkil etilgan , Toshkent viloyati, “Saxovat” uyidagi, Navroʻz tantanalari koʻrib, shunga iqror boʻldimki, bu tarixiy bayram tantanasi hammamizni yana bir bor mehrga, sadoqatga, doʻstlikka va Yangi Oʻzbekistonimizni koʻz qorachigʻidek avaylab asrashga, uni qadrlashga va ehtiyot qilishga chorladi! Shu fursatdan foydalanib barcha menga yaqin qadrdonlarim, doʻstlarim, birodarlarim, nabiralarim , farzandlarim, shogirdlarim, mahalladoshlarim hamda bitta qalbga birlashgan, san'at, adabiyot ahli, barcha "Maʼrifat" targʻibotchilar jamiyati a'zolarini bugungi goʻzal va bagʻrikeng, bahoriy nurga aylangan NAVROʻZI OLAM bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Jamila SHERMUHAMMEDOVA
falsafa fanlari doktori, professor,
"Ma'rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a'zosi