XALQ XOHISH-IRODASI – BOSH MEZON

Bugun erkin-demokratik jamiyatda har bir fuqaro yangi Oʻzbekistonimiz kelgusi taraqqiyoti uchun oʻzini masʼul hisoblaydi. Bu masʼullikni ongli-tafakkurli insonlar yangi Konstitutsiya boʻyicha oʻtkaziladigan referendum bilan bogʻlashi tabiiy holga aylanmoqda. Mamlakatimiz parlamenti –Oliy Majlis Qonunchilik palatasi «Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida»gi qonunni qabul qilishida Milliy tiklanish demokratik partiyasi faollari tomonidan ilgari surilgan koʻplab takliflar qabul qilingani eʼtiborga molikdir. Negaki, bu takliflar faqat partiya aʼzolari yoki faollarininggina takliflari boʻlib qolmasdan ular aholimizning keng qatlamlari, chunonchi, ziyolilar, turli soha vakillari, katta hayot tajribasiga ega nuroniylaru faxriylarning qalb amirlari ifodasidir. Har bir mahalliy Kengash deputati oʻzisaylangan mahallalar ahli bilan bir necha kun mobaynida yuzma-yuz muloqotlar oʻtkazib, odamlar fikrini oʻrgandilar.

 

Yangi Konstitutsiyaga kiritayotgan oʻzgarishlar loyihasi hech kimni befarq qoldirgani yoʻq. Oʻsha loyihalardan tashqari koʻplab fuqarolarning ham takliflari teran oʻrganildi. Eng muhimi, har bir taklif va oʻzgarishlar bir necha martadan muhokama qilinib, yakdil fikrga kelinganidan keyingina tegishli tashkilotlarga taqdim qilindi.

 

Konstitutsiyani oʻzgartirish boʻyicha qaror yuzasidan Konstitutsiyaviy sud va boshqa nufuzli tashkilotlar tomonidan ijobiy xulosa olinishini esa xalq irodasining ifodasiga ijobiy munosabat sifatida baholanadi.

 

Referendum shu yil 30-aprel, yakshanba kuniga belgilanganli xalqimiz koʻtarinki ruh bilan kutib olishiga shubha yoʻq. Negaki, donishmand va bagʻrikeng xalqimiz, inchunin, har bir fuqaro oʻzining takliflari asosida qabul qilinayotgan yangi «Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi» uchun ovoz berishni oʻzi uchun sharaf deb biladi.

To‘lqin Eshbekov
O‘zbekiston milliy universiteti dotsenti,
«Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi

← Нашрлар рўйхатига қайтиш